Men behisob dunyosini,
Boshga uray sen bo'lmasang.
Egnimning shoh libosini,
Toshga uray sen bo'lmasang.

Sen ko'zim ustida yursang,
Maysa bo'lsin kiprigim.
Men o'zimni qaysi toqat,
Bardoshga uray sen bo'lmasang.

Keng jahona sig'mayurman,
Jahon menga tangu tor,
Men o'zimni qay Namangon,
O'shga uray sen bo'lmasang.

Gul qo'shini, dil qo'shini,
Bu olamda qo'shin ko'p.
Men o'zimni qay begona,
Qo'shga uray sen bo'lmasang.

Qaro yerga ketar bo'lsang,
Ayt, men oldinroq ketay.
Bu yurgisiz dunyosida,
Qandoq yuray sen bo'lmasang.









